AXBOROT-RESURS MARKAZI
A. Avloniy nomidagi xalq tahlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutining (bundan keyin XTXQTMOMI) tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi va viloyat pedagogik xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari (VPXQTMOI), shaxar, tuman xalq tahlimi bo’limlarining metodik kabinetlari qoshidagi kutubxonalari uchun hamda institut xodimlari va kurs tinglovchilarini kerakli axborot bilan tahminlash bo’yicha ilmiy, o’quv - metodik markaz vazifasini bajaradi. 1933 yilli kutubxona tashkil qilindi. 2000 yildan boshlab kutubxonada yangi axborot texnologiyalarni qo’llash keng joriy etila boshladi. Axborot-resurs markazi (bundan keyin ARM) maqomi 2009 yil berildi va ARMda "Media bo’limi" ochildi. ARMning bugungi kundagi faoliyatida avtomatlashtirilgan xizmat yo’lga qo’yilgan. Kompg’yuter va boshqa texnikalardan keng foydalanilmoqda, Internet tarmog’iga ulangan. Undan ko’zlangan asosiy maqsad, ARM ishini takomillashtirish, axborotlar oqimini kitobxonga yetkazishni jadallashtirish, ularning axborot bilan tanishishiga qulaylik yaratish, vaqtini tejash, kitobxonlar ehtiyojini imkoniyat darajasida qondirishdan iborat. ARMda xizmat ko’rsatishning anhanaviy usullaridan tashqari noanhanaviy usullaridan xam keng foydalanilmoqda. Axborot-resurs markazining uslubiy vakolati Umumtahlim muassasasida ARM xizmatini tashkil etishda ilg’or axborot texnologiyalaridan intensiv foydalanish asosida pedagog xodimlarning bilim olishi hamda samarali axborot tahminoti jarayonini rivojlantirishga xizmat qiladi. Axborot - resurs markazining asosiy maqsad va vazifalari - Kitobxonlarga xizmat ko’rsatishni sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish; - kitobxonlarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish; - kitobxonlarda axborot manbalarini mustaqil tanlash, saralash, kitobdan to’g’ri foydalana olish va ularni tanqidiy baholay olish ko’nikmalarini kutubxonachilikga bag’ishlangan darslarni o’tish orqali shakllantirish.
ARM 3 BO'LIMDAN IBORAT
SHTATLAR (umumiy 7 ta):